HOZIRDA YOSHLAR O'RTASIDA GIYOHVAND MODDALARGA QARSHI KURASHISHNI YANGICHA YECHIMLARI

Authors

  • Umarova Firuza Xikmatovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: giyohvandlik, yoshlar profilaktikasi, Milliy strategiya 2024–2028, CHAMPS tashabbusi, raqamli texnologiyalar, AI va VR terapiyasi, neyro-biologik zarar, dalilga asoslangan profilaktika, mahalla modeli, reabilitatsiya.

Abstract

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida yoshlar (15–30 yosh) o‘rtasida giyohvand moddalar tarqalishining epidemiologik holati, neyro-biologik va ijtimoiy-psixologik sabablari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. 2025-yil statistikasiga ko‘ra, respublikada 15 412 ta narkojinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 93 foizi yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi. An’anaviy jazo va targ‘ibot usullari samarasizligi sababli yangicha yondashuvlar – raqamli texnologiyalar (AI, VR-terapiya), UNODC CHAMPS tashabbusi, mahalla-ta’lim-oilani integratsiyalashgan model va dalilga asoslangan profilaktika dasturlari taklif etiladi. Maqolada muammoning ilmiy asoslari, amaliy misollar, samaradorlik bahosi va muallif tomonidan ilmiy asoslangan yangi yechimlar (takliflar) batafsil yoritiladi. Maqsad – yoshlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni shakllantirish, millat genofondini himoya qilish va jamiyat barqarorligini ta’minlashdir.

Published

2026-04-23