ATMOSFERA XAVOSI MUXOFAZASI SOHASIDA TAXLILNING INSTRUMENTAL METODLARINI QO'LLASH IMKONIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada atmosfera havosini muhofaza qilishda qo‘llaniladigan instrumental tahlil metodlarining imkoniyatlari, afzalliklari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Xususan, gaz analizatorlari, xromatografiya, spektroskopiya hamda masofadan zondlash usullari orqali havodagi zararli moddalarni aniqlash va baholash masalalari ko‘rib chiqiladi. Ushbu metodlar yordamida atmosfera tarkibidagi ifloslantiruvchi gazlar, chang zarralari va toksik birikmalarni yuqori aniqlikda aniqlash, ularning konsentratsiyasini doimiy monitoring qilish hamda ekologik holatni baholash imkoniyatlari tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalarning ekologik nazorat tizimidagi o‘rni va ularni amaliyotga joriy etish istiqbollari ham yoritilgan.Shuningdek, maqolada instrumental tahlil usullarining tezkorligi, aniqligi, sezgirligi va avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarida qo‘llanishi orqali ekologik nazorat samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Real vaqt rejimida kuzatuv olib borish, ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash va prognozlash imkoniyatlari ham alohida ta’kidlanadi. Bundan tashqari, atmosfera havosini muhofaza qilishda ushbu metodlardan foydalanishning ekologik xavfsizlikni ta’minlash, sanoat korxonalari faoliyatini nazorat qilish hamda aholining salomatligini himoya qilishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari, ularning milliy ekologik monitoring tizimlarini rivojlantirishdagi roli ham muhokama etilgan.