HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI FAOLIYATI

Authors

  • YUSUFJONOVA SEVINCH RAHIMJONOVNA Author
  • VOXOBJONOV DILMUROD Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Profilaktika inspektori, oilabay ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ijtimoiy profilaktika, mahalla yettiligi, hamkorlik, individual profilaktika, xavf guruhi, huquqiy ong, jamoat xavfsizligi, manzilli ish, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi

Abstract

    Annotatsiya: Mazkur ishda profilaktika inspektorining “oilabay” ishlash faoliyati doirasida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ijtimoiy profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari tahlil etiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni asosida profilaktika inspektorining aholi bilan manzilli ishlashi, oilalarning ijtimoiy-psixologik holatini o‘rganishi, xavf guruhiga kiruvchi shaxslarni aniqlashi va ular bilan individual profilaktika olib borish masalalari yoritilgan. Shuningdek, mahalla yettiligi (mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va boshqalar) bilan o‘zaro hamkorlikning ahamiyati, uning samaradorligini oshirish yo‘llari ham nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda mavjud muammolar, jumladan, hamkorlikning sustligi, axborot almashinuvidagi kamchiliklar va aholi huquqiy ongining yetarli darajada emasligi ko‘rsatib o‘tilgan hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Published

2026-04-25