STEAM YONDASHUVI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TABIIY FANLARGA QIZIQISHNI OSHIRISH METODIKASi
Keywords:
Kalit so‘zlar: STEAM yondashuvi, boshlang‘ich ta’lim, tabiiy fanlar, o‘quv motivatsiyasi, integratsiyalashgan ta’lim, amaliy faoliyat, loyihaviy o‘qitish, interaktiv metodlar, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada STEAM yondashuvi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy fanlarga qiziqishni oshirishning metodik asoslari tahlil qilinadi. STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) integratsiyasi orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog‘lash, ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning tabiiy fanlarga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda tajriba, loyihaviy faoliyat, interaktiv o‘yinlar va muammoli vaziyatlardan foydalanish samaradorligi asoslanadi. Shuningdek, STEAM yondashuvi orqali o‘quvchilarda kuzatish, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari yoritiladi. Natijada, ushbu metodika tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.