DORIVOR ZARPECHAK (CONVOLVULUS ARVENSIS)NING XALQ TABOBATIDA VA TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Dorivor o‘simliklar, zarpechak, Convolvulus arvensis, xalq tabobati, fitoterapiya, laksativ ta’sir, diuretik vosita, yallig‘lanishga qarshi ta’sir, antioksidantlar, biologik faol moddalar, glikozidlar, flavonoidlar, farmakologik xususiyatlar, fitopreparatlar, an’anaviy tibbiyot, zamonaviy tibbiyotAbstract
Annotatsiya: Mazkur tezis dorivor zarpechak (Convolvulus arvensis) o‘simligining xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda qo‘llanilish xususiyatlarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda o‘simlikning biologik faol moddalari va ularning inson organizmiga ko‘rsatadigan farmakologik ta’siri yoritilgan. Zarpechak xalq tabobatida ich qotishini bartaraf etuvchi, siydik haydovchi, yallig‘lanishga qarshi va jigar faoliyatini yaxshilovchi vosita sifatida keng qo‘llanilishi asoslab berilgan. Zamonaviy tibbiyotda esa uning tarkibidagi glikozidlar, flavonoidlar va boshqa birikmalar tufayli laksativ, diuretik, antiinflamator hamda antioksidant xususiyatlarga ega ekanligi ilmiy jihatdan izohlangan. Shuningdek, o‘simlikdan foydalanishda dozaga rioya qilish zarurligi va ehtiyot choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari zarpechakning xalq tabobatidagi an’anaviy tajribasi bilan zamonaviy ilmiy yondashuvlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi hamda uni kelgusida farmatsevtika sohasida qo‘llash istiqbollarini ko‘rsatadi.