CHANOQ SUYAGINING QON BILAN TAMINLANISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: chanoq suyagi, os coxae, qon bilan ta’minlanish, arterial tarmoqlanish, mikrosirkulyatsiya, osteoporoz, suyak nekrozi, ateroskleroz, qandli diabet, aseptik nekroz, travmatologiya, ortopedik jarrohlik, Keywords: hip bone, os coxae, blood supply, arterial branching, microcirculation, osteoporosis, bone necrosis, atherosclerosis, diabetes mellitus, aseptic necrosis, traumatology, orthopedic surgeryAbstract
Chanoq suyagi (os coxae) inson skeletining eng massiv va funksional jihatdan murakkab tuzilmalaridan biri hisoblanadi. U tos a’zolarini himoya qilish, tayanch-harakat tizimining barqarorligini ta’minlash va pastki oyoq harakatlarida asosiy kuch uzatuvchi element sifatida muhim rol o‘ynaydi. Suyak to‘qimasining normal gomeostazi, regenerativ qobiliyati va shikastlanishlardan keyingi tiklanish jarayonlari bevosita uning qon bilan ta’minlanish darajasi va sifatiga bog‘liqdir. Ushbu maqolada chanoq suyagini qon bilan ta’minlovchi asosiy arteriyalar – obturator, yuqori va pastki gluteal, iliolumbar arteriyalar hamda ularning suyak ichidagi (intraosseoz) va suyak tashqarisidagi (ekstraosseoz) tarmoqlanish tizimi batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, venoz drenaj tizimi va limfa tomirlarining rol ham yoritiladi. Maqolada dolzarb muammo sifatida keksalik, ateroskleroz, osteoporoz, qandli diabet va revmatoid artrit kabi kasalliklarda kuzatiladigan mikrosirkulyatsiya buzilishlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu patologik o‘zgarishlar suyak to‘qimasining gipoksiyasi, aseptik nekroz, sinishlarning kech bitishi va jarrohlik rekonstruksiya natijalarining yomonlashishiga olib keladi. Maqola yakunida chanoq suyagi qon aylanishini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy davolash va profilaktika usullari bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
The hip bone (os coxae) is one of the largest and functionally most complex structures of the human skeleton. It plays a crucial role in protecting pelvic organs, ensuring the stability of the musculoskeletal system, and acting as the primary force-transmitting element during lower limb movements. Normal homeostasis, regenerative capacity, and post-traumatic recovery of bone tissue directly depend on the adequacy and quality of its blood supply. This article provides a detailed analysis of the main arteries supplying the hip bone – the obturator, superior and inferior gluteal, and iliolumbar arteries – as well as their intraosseous and extraosseous branching patterns. The roles of the venous drainage and lymphatic systems are also discussed. Current clinical challenges such as age-related changes, atherosclerosis, osteoporosis, diabetes mellitus, and rheumatoid arthritis leading to microcirculatory disorders are examined. These pathological alterations result in bone tissue hypoxia, aseptic necrosis, delayed fracture healing, and poor outcomes of surgical reconstruction. The article concludes with recommendations on modern treatment and prevention methods aimed at improving hip bone circulation.