XITOY VA O‘ZBEK TILLARIDA ARGO HAMDA JARGONLARNING SOTSIOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Jalilova Hilola Jo‘rabek qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: argo, jargon, sotsiolekt, noadabiy leksika, xitoy tili, o‘zbek tili, pragmatik vazifa, qiyosiy tahlil.

Abstract

Maqolada xitoy va o‘zbek tillaridagi argo hamda jargon birliklarining sotsiolingvistik tabiati, shakllanish manbalari va pragmatik vazifalari qiyosiy yoritiladi. Tadqiqot natijalari noadabiy leksika til tizimining chetki emas, balki real muloqotda faol qatnashadigan qatlam ekanini ko‘rsatadi. Xitoy materialida metaforik siqilish, qisqartma va yozuvga asoslangan ixcham modellar ustun bo‘lsa, o‘zbek materialida o‘zlashma, gibrid birikma va bahoviy-ekspressiv birliklar faolroq ekani aniqlanadi. Shuningdek, maqolada argo va jargon birliklarining baholash, guruhni tanitish, sir saqlash, muloqotni tejamkorlashtirish va emotsional ta’sir ko‘rsatish vazifalari tahlil qilinadi.

Published

2026-04-25