UYQU APNOESI SINDROMIDA KORONAR ARTERIYALARNI ANGIOGRAFIYADA KO’RINISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: uyqu apnoesi sindromi, koronar qon aylanishi, intermittent gipoksiya, endotelial disfunksiya, miokard ishemiyasi, oksidlovchi stress, CPAP terapiyasi, ateroskleroz.Abstract
Annotatsiya:Ushbu maqolada uyqu apnoesi sindromining (UAS) koronar qon aylanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab patofiziologik mexanizmlari, endotelial disfunksiya jarayonlari va ularning klinik oqibatlari keng qamrovli tahlil qilingan. Angiografik tasvirda qon oqimining 'tushunarsiz' sekinlashishi miokard ishemiyasining asosiy sababchisi bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, tadqiqotda koronar angiografiya ko‘rsatkichlarining UAS og‘irlik darajasiga bog‘liqligi xususida yangi ma’lumotlar keltirilgan. Angiografik manzarada kuzatiladigan diffuz o‘zgarishlar va blyashkalarning morfologik tahlili alohida o‘rin egallaydi. Maqolada tomirlarning kalsifikatsiya darajasi va qon oqimi tezligining funksional buzilishlari o‘rtasidagi korrelyatsiya ko‘rsatib berilgan. Bu kabi vizual o‘zgarishlar UAS bor bemorlarda invaziv muolajalar taktikasini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotning amaliy ahamiyati angiografik tahlil orqali yashirin ishemiya xavfini bashorat qilish imkoniyatini yaratishidadir.