TUNGI GIPOKSIYA VA MIOKARD PERFUZIYASINING BUZILISHI PATOFIZIOLOGIYASI TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI
Keywords:
KALIT SO`ZLAR: tungi gipoksiya, miokard perfuziyasi, gipoksiya, yurak ishemiyasi, koronar qon aylanishi, oksidlovchi stress, endotelial disfunktsiya, gemodinamik o‘zgarishlar, kislorod yetishmovchiligi, yurak-qon tomir kasalliklariAbstract
ANNOTATSIYA:Ushbu maqolada tungi gipoksiya va miokard perfuziyasining buzilishi patofiziologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Tungi gipoksiya, ayniqsa uyqu vaqtida nafas olish buzilishlari natijasida yuzaga kelib, organizmda kislorod yetishmovchiligi holatini keltirib chiqaradi. Bu esa yurak mushagining kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondirilmasligiga olib keladi va miokard perfuziyasining buzilishiga sabab bo‘ladi. Maqolada gipoksiya sharoitida gemodinamik o‘zgarishlar, koronar qon aylanishining izdan chiqishi hamda hujayra darajasidagi metabolik jarayonlar yoritilgan. Shuningdek, oksidlovchi stress, endotelial disfunktsiya va yurak ishemiyasining rivojlanishidagi asosiy omillar ko‘rib chiqilgan. Ushbu patologik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishidagi ahamiyati ilmiy asosda bayon etilgan.