OG‘RIQ QOLDIRUVCHI MODDALAR: NARKOTIK VA NONARKOTIK ANALGETIKLARNING FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA KLINIK QO‘LLANILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Og‘riq qoldiruvchi moddalar, analgetiklar, narkotik analgetiklar, nonarkotik analgetiklar, opioidlar, morfin, fentanil, nalokson, NSAID, paratsetamol, farmakologiya, og‘riq sindromi, respirator depressiya, qaramlik, klinik qo‘llanish.Abstract
Annotatsiya: Mazkur og‘riq qoldiruvchi dorilar, xususan narkotik va non-narkotik analgetiklarning farmakologik xususiyatlari, ta’sir mexanizmlari hamda klinik qo‘llanilishi tahlil qilingan. Narkotik analgetiklar (opioidlar) markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, og‘riq impulslarini susaytirishi, biroq ularning qaramlik va nojo‘ya ta’sirlar bilan bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, nonarkotik analgetiklar, jumladan paratsetamol va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning (NSAID) ta’sir mexanizmi va afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Maqolada morfin va uning analoglari, sintetik opioidlar hamda opioid antagonistlari (nalokson)ning klinik ahamiyati alohida tahlil etilgan. Zamonaviy tibbiyot nuqtai nazaridan og‘riqni samarali va xavfsiz boshqarish masalalari, dori vositalarini oqilona qo‘llash zaruriyati hamda ularning nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish yo‘llari ilmiy asosda bayon etilgan.