“ALLERGIYA BILAN BOG‘LIQ BRONXIAL ASTMADA ANTIGISTAMIN VOSITALARNING QO‘LLANILISHI VA TA’SIR MEXANIZMI”

Authors

  • Hatamova Zulhumor Ne’matullayevna Author
  • Saidova Nargiza Zokir qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Bronxial astma, allergiya, gistamin, H1 retseptor, H2 retseptor, antigistamin preparatlar, bronxokonstriksiya, yallig‘lanish, mast hujayralar, eozinofillar, farmakokinetika, immun javob, allergik reaksiya, bronxial tonus, ingalyatsion terapiya.

Abstract

Annatatsiya: Ushbu maqolada allergiya bilan bog‘liq bronxial astmada antigistamin dori vositalarining qo‘llanilishi va ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Bronxial astma patogenezida gistaminning mast hujayralardan ajralib chiqishi va uning H1 hamda H2 retseptorlar orqali ta’siri muhim o‘rin tutishi yoritilgan. Gistamin bronxial mushaklarning qisqarishiga, qon tomir o‘tkazuvchanligining oshishiga va yallig‘lanish jarayonining kuchayishiga olib keladi. Antigistamin preparatlarning birinchi va ikkinchi avlodlari o‘rtasidagi farqlar, ularning farmakologik xususiyatlari va klinik samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, ikkinchi avlod preparatlarning yuqori selektivligi va kam nojo‘ya ta’sirga egaligi ta’kidlangan.Shuningdek,antigistaminlarning bronxokonstriksiyani kamaytirishdagi roli hamda allergik yallig‘lanishning turli bosqichlaridagi ta’siri tahlil qilingan.Bundan tashqari, ushbu dori vositalarning kompleks davolashdagi o‘rni va qo‘llanilish xususiyatlari yoritilgan hamda ularning samaradorligi normativ-huquqiy asoslar, jumladan PQ-4554-son qaror bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan.

Published

2026-04-26