KREDITLASH JARAYONIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING SABABLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kreditlash jarayoni, bank tizimi, kredit riski, qarz oluvchi, defolt, foiz stavkasi, moliyaviy muammolar, kredit portfeli, iqtisodiy barqarorlik.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada kreditlash jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan. Maqolada kredit tizimining iqtisodiyotdagi o‘rni, banklar va mijozlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar hamda kredit ajratish jarayonidagi risk omillari o‘rganildi. Maqolada kredit berish jarayonida yuzaga keladigan kechikishlar, hujjatlashtirishdagi murakkabliklar, kreditga layoqatlilikni baholashdagi muammolar va qaytarmaslik holatlarining asosiy sabablari yoritilgan. Maqolada kredit risklarini kamaytirish, bank tizimida shaffoflikni oshirish hamda mijozlarning moliyaviy savodxonligini yaxshilash orqali mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqilgan.
Downloads
Published
2026-04-29
Issue
Section
Articles