JAMIYATDAGI YANGI IJTIMOIY ROL SIFATIDA BLOGERLAR PAYDO BO‘LISH DETERMINANTLARI.
Keywords:
Kalit so’zlar: blogerlik, ijtimoiy rol, yangi ijtimoiy rollar, globallashuv, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar, shaxs motivatsiyasi, identitet, ijtimoiy ta’sir, kommunikativ faollik, jamoatchilik fikri, yoshlar psixologiyasiAbstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada blogerlik faoliyati zamonaviy jamiyatda yangi ijtimoiy rol sifatida shakllanishi ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Tadqiqotda blogerlikning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar — globallashuv jarayonlari, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi hamda axborot-kommunikatsiya makonining kengayishi ilmiy asosda izohlanadi. Shu bilan birga, blogerlik faoliyatining shaxsiy motivatsion omillari, xususan, o‘zini ifoda etish ehtiyoji, ijtimoiy e’tirofga intilish hamda moddiy manfaatdorlik bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Blogerlar zamonaviy ijtimoiy muhitda axborot almashinuvi, jamoatchilik fikrini shakllantirish va ijtimoiy qadriyatlarni targ‘ib etishda faol ishtirok etuvchi subyekt sifatida baholanadi.