TURIZM MEHNAT BOZORINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Usmonova Laziza Normamat qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Turizm mehnat bozori, mavsumiylik, xizmat ko‘rsatish, kasbiy madaniyat, innovatsion kasblar, ijtimoiy bandlik, migratsiya, kommunikativ ko‘nikmalar, yoshlar bandligi, ayollar bandligi, zamonaviy texnologiyalar, raqamli xizmatlar.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada turizm mehnat bozorining o‘ziga xos xususiyatlari, uning milliy va xalqaro iqtisodiy makondagi o‘rni, tarkibiy tuzilishi, ijtimoiy va madaniy ahamiyati chuqur tahlil qilindi. Sohaga xos mehnat migratsiyasi, mavsumiy va qisqa muddatli bandlik, kasbiy va kommunikativ ko‘nikmalar talabining yuqoriligi, xizmat ko‘rsatish sifatiga oid zamonaviy yondashuvlar kabi jihatlar o‘rganildi. Bozor talablariga mos, zamon bilan hamnafas kadrlarni tayyorlash hamda ularni rag‘batlantirish mexanizmlari yoritildi. Mehnat bozori barqarorlashtirilishi, turizm infrastrukturasining rivojlanishi, soha doirasida innovatsion va kreativ kasblarning paydo bo‘lishi, xotin-qizlar va yoshlarga xos bandlik muammolari ham alohida tahlil etildi.

Published

2026-05-05