KORXONA RIVOJLANISHINI TA’MINLOVCHI IQTISODIY OMILLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: korxona rivoji, ichki omillar, tashqi omillar, barqaror rivojlanish, raqobatbardoshlik, innovatsiya.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada korxonaning barqaror hamda izchil rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillar ilmiy-nazariy va amaliy nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Unda korxona taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillar ichki va tashqi omillar sifatida guruhlarga ajratilib, ularning har biri korxona faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati jihatidan yoritilgan. Ichki omillar tarkibida boshqaruv tizimining samaradorligi, moliyaviy imkoniyatlar, mehnat resurslarining salohiyati, innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tashqi omillar esa iqtisodiy muhit, bozordagi raqobat darajasi, davlatning iqtisodiy siyosati, soliq va investitsiya tizimi, shuningdek, zamonaviy texnologik rivojlanish jarayonlari bilan bog‘liq holda tahlil qilingan.