ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIDA HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASINING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Keywords:
Kalit soʻzlar harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, innovatsion yondashuv, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol metodlar, raqamli pedagogika, kompetensiyaviy yondashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, integrativ ta’lim modeli, ma’naviy-axloqiy tarbiya.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishning innovatsion yondashuvlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar, interfaol metodlar va kompetensiyaviy yondashuv asosida vatanparvarlik g‘oyalarini yosh avlod ongiga singdirishning samarali usullari yoritilgan. Shuningdek, maqolada harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini takomillashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, virtual o‘quv muhitlari hamda integrativ pedagogik modellarni qo‘llashning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab beriladi. Muallif tomonidan zamonaviy ta’lim mazmuniga mos holda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining innovatsion mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.