CHAQIRIQQACHA YOSHLARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA SPORT MASHG‘ULOTLARINING O‘RNI.

Authors

  • Umarov Ismoiljon Olimjonovich Author
  • Jumaboyev Doniyorjon G‘iyosiddin o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit soʻzlar:chaqiriqqacha yoshlar, jismoniy tayyorgarlik, sport mashg‘ulotlari, funksional rivojlanish, psixofiziologik tayyorgarlik, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, sog‘lom turmush tarzi, harbiy xizmatga layoqatlilik.

Abstract

        Ushbu maqolada chaqiriqqacha yoshlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish jarayonida sport mashg‘ulotlarining pedagogik, psixologik va fiziologik ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda yoshlarning jismoniy sifatlarini – kuch, chaqqonlik, bardoshlilik, epchillik va tezkorlikni rivojlantirishda sport mashg‘ulotlarining tizimli qo‘llanishi samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bilan jismoniy tayyorgarlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilib, chaqiriqqacha yoshlar orasida sportning ommaviyligini ta’minlash orqali ularning harbiy xizmatga psixofiziologik tayyorgarligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari yoshlar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda mamlakat mudofaa salohiyatini yuksaltirishda sport mashg‘ulotlarining o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatadi.

Published

2025-10-19