"GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI QOSHIDAGI QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI: MILLIY ISTIQLOL TARIXI VA MA’RIFIY XOTIRA MAKONI"
Keywords:
Kalit so‘zlar: qatag‘on, siyosiy repressiya, tarixiy xotira, guliston davlat universiteti, qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, sirdaryo viloyati, totalitar tuzum, nkvd hujjatlari, milliy uyg‘onish, ziyolilar qatlami, og‘zaki tarix, arxiv materiallari, tarixiy adolat, ma’naviy meros, ma’rifiy faoliyat,Abstract
Ushbu maqolada Guliston Davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan Qatag‘on Qurbonlari Xotirasi muzeyining yaratilish tarixi, uning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, muzeyning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyadagi o‘rni yoritilgan. Qatag‘on siyosatining O‘zbekiston xalqi taqdiriga ko‘rsatgan ta’siri, tarixiy xotirani tiklash jarayonidagi muzeylarning roli hamda yosh avlodga Vatan tarixini to‘g‘ri yetkazishdagi ahamiyati ilmiy-analitik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, arxiv hujjatlari, foto va videomateriallar orqali qatag‘on davri fojialarining ochib berilishi, fuqarolarga milliy xotira madaniyatini singdirish ham maqolaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu muzey nafaqat tarixiy voqealarni eslab qolish, balki jamiyatda adolat, vatanparvarlik va tarixiy ongni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim ma’rifiy maskan hisoblanadi.