HAR BIR SEKTORDAGI XARAJATLARNI FOYDANI HARAKATLANTIRISH DAVRIGA OLIB BORILISHIGA QARAB MAHSULOT TANNARXI VA DAVR XARAJATLARIGA BO‘LINISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: mahsulot tannarxi, davr xarajatlari, ishlab chiqarish xarajatlari, foyda, moliyaviy natija, xarajatlarni tasniflash, sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, sektorlar, buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi.Abstract
Ushbu akademik maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarni foydani shakllantirish davriga olib borilishiga qarab mahsulot tannarxi va davr xarajatlariga ajratish masalasi har tomonlama yoritiladi. Maqolada xarajatlarni to‘g‘ri tasniflash korxona moliyaviy natijalarini haqqoniy aniqlash, mahsulot bahosini asoslash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va foyda ko‘rsatkichlarini tahlil etishda muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Har bir sektor, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi, savdo, xizmat ko‘rsatish, qurilish va qishloq xo‘jaligida xarajatlarning iqtisodiy mazmuni turlicha namoyon bo‘lishi, biroq ularni mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar va hisobot davrida tan olinadigan davr xarajatlariga ajratish umumiy metodologik tamoyillarga tayanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, 2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9430 va 9910 kabi hisobvaraqlar orqali xarajatlarni hisobga olish, ularni moliyaviy natijaga to‘g‘ri olib borish hamda ichki nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.