FUQAROLIK JAMIYATI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-SIYOSIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Fuqarolik jamiyati, ijtimoiy-siyosiy asoslar, demokratiya, huquqiy davlat, fuqarolik ong, ijtimoiy institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy faollik, davlat va jamiyat munosabatlari.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada fuqarolik jamiyati shakllanishining ijtimoiy-siyosiy asoslari tahlil qilinadi. Fuqarolik jamiyati — bu davlatdan mustaqil ravishda faoliyat yurituvchi ijtimoiy institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi majmuasidir. Maqolada fuqarolik jamiyatining shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida demokratik islohotlar, huquqiy davlat tamoyillarining rivojlanishi, fuqarolik ongining yuksalishi hamda ijtimoiy faollikning oshishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatining shakllanishida ijtimoiy institutlar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni alohida tahlil etiladi. Maqolada fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ularning hamkorlik va muvozanat tamoyillari asosida rivojlanishi ham yoritilgan.