TIBBIYOTDA RADIATSION XAVFSIZLIK: DIAGNOSTIKA VA DAVOLASHDA GIGIYENIK YONDASHUVLAR

Authors

  • Hasanova Madina Najmiddin qizi Author
  • Ahmadaliyeva Nigora Odilovna Author

Keywords:

Radiatsion gigiyena, ionlashtiruvchi nurlanish, radiatsion xavfsizlik, tibbiy diagnostika, kompyuter tomografiya, radioterapiya, nurlanish dozasi, dozimetrik nazorat, biologik ta’sir, gigiyenik me’yorlar, individual himoya vositalari, optimallashtirish tamoyili.

Abstract

Mazkur maqolada tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladigan ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish jarayonida radiatsion xavfsizlikni ta’minlash masalalari gigiyenik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Diagnostika (rentgenografiya, kompyuter tomografiya) va davolash (radioterapiya) usullarida nurlanish dozalarining inson organizmiga ta’siri, ularning qisqa va uzoq muddatli biologik oqibatlari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada tibbiy xodimlar va bemorlar uchun radiatsion xavfni kamaytirishga qaratilgan zamonaviy himoya tamoyillari, jumladan, doza optimallashtirish, vaqt–masofa–to‘siq prinsiplariga amal qilish hamda individual himoya vositalaridan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. Radiatsion gigiyenaning asosiy vazifalari doirasida nazorat va monitoring tizimlari, sanitariya me’yorlari hamda xalqaro tavsiyalar asosida xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari tibbiyotda ionlashtiruvchi nurlanishdan oqilona va xavfsiz foydalanish orqali bemor va tibbiy xodimlar salomatligini muhofaza qilishning muhimligini ko‘rsatadi.

Published

2026-05-08