SHARQ XALQLARI OMMAVIY ONGIDA AN'ANAVIY ELEMENTLARNING O‘RNI

Authors

  • Sharipova Fotima Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: an’anaviy elementlar, ommaviy ong, urf-odatlar, qadriyatlar, urf, marosim, diniy e’tiqod, mifologiya, ma’naviyat.

Abstract

Annotatsiya: Maqolada Sharq xalqlari ommaviy ongida an’anaviy elementlarning tutgan o‘rni chuqur tahlil qilingan. Sharq sivilizatsiyalarini, xususan, Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy va boshqa mintaqalarning qadimiy tarixiy rivojlanish bosqichlarida an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, diniy e’tiqod va mifologik tasavvurlarning xalq ongiga, dunyoqarashiga, ijtimoiy tafakkuriga bo‘lgan ta’siri yoritilgan. Maqolada an’anaviy elementlarning asrlar davomida shakllanib, jamiyat ongida yuksak ahamiyat kasb etishi, zamonaviy holat va globalizatsiya sharoitidagi roli, yoshlarga, oilaga, ta’limga, san’at, adabiyot va kundalik hayotga ta’siri o‘rganildi. Sharq xalqlari ommaviy ongida an’anaviy elementlar turli tarixiy, madaniy va ma’rifiy jarayonlarda g‘oyaviy poydevor, madaniy kod va mustahkam ustun sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmayotgani asoslandi.

Published

2026-05-10