“BOLALAR XAVFSIZLIGI (PARENTAL CONTROL) HIMOYALANGAN MOBIL MONITORING ILOVASINI ISHLAB CHIQISH”
Keywords:
Kalit so‘zlar: bolalar xavfsizligi, parental control, mobil monitoring, Flutter, Django, sun’iy intellekt, NLP, O‘zbek tili, GPS kuzatuvi, kiberbulling, Android, JWT autentifikatsiya.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar xavfsizligini ta’minlovchi parental control (ota-ona nazorati) mobil monitoring ilovasini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda 8-17 yosh orasidagi maktab o‘quvchilarining 94 foizi smartfon foydalanuvchisi bo‘lib, ularning onlayn xavfsizligini ta’minlovchi mahalliy yechimlar yetarli darajada rivojlanmagan. Ushbu tadqiqotda KidSafe nomli mobil monitoring ilovasining arxitekturasi, asosiy modullari va texnologik yechimlari taqdim etiladi. Tizim Flutter, Django REST Framework, Node.js, PostgreSQL, Firebase va HuggingFace BERT multilingual modeli asosida qurilgan. O‘zbek tilidagi kontent tahlilida 91,3% aniqlikka erishilgan. Sinov davomida API javob vaqti 187 ms, GPS yangilanish kechikishi 480 ms dan past, batareya sarfi 4,2%/soat darajasida bo‘ldi. 45 oilada o‘tkazilgan foydalanuvchi sinovida ota-onalarning 88,4 foizi tizimdan qoniqish bildirdi.