ZAMONAVIY ISHLAB CHIQARISHDA METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISHNING TUTGAN O‘RNI.

Authors

  • S.U.Nishonaliyeva Author
  • Z.X. Ernazarova Author
  • D.I. Xusaydinova Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: metrologiya, standartlashtirish, sifat nazorati, ishlab chiqarish, texnologik jarayon, o‘lchash aniqligi, ISO standartlari, sanoat korxonasi, raqamli metrologiya, sertifikatlashtirish.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida metrologiya va standartlashtirish tizimlarining ahamiyati hamda ularning sanoat samaradorligini oshirishdagi o‘rni o‘rganildi. Tadqiqot davomida ishlab chiqarish korxonalarida o‘lchash aniqligi, mahsulot sifati va texnologik jarayonlarning barqarorligini ta’minlashda metrologik nazoratning ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, xalqaro standartlashtirish tizimlari va sifat menejmenti talablarining sanoat korxonalariga integratsiyalashuvi ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, standartlashtirish va metrologik ta’minot ishlab chiqarishdagi texnik xatoliklarni kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida metrologik nazoratni takomillashtirish istiqbollari ham yoritilgan.

Published

2026-05-12