SMARTFONLARDAN FOYDALANISH VAQTINING UYQU SIFATI VA KUNDALIK JISMONIY FAOLLIK DARAJASIGA TA’SIRI

Authors

  • Nishonova Yulduz Xatamovna Author
  • G’ulomjonova Oyshaxon Adhamjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: smartfon, ekran vaqti, uyqu sifati, jismoniy faollik, gipodinamiya, melatonin.

Abstract

Annotatsiya. Zamonaviy dunyoda smartfonlar hayot tarzi va axborot almashinuvining ajralmas qismiga aylandi. Biroq, ekran qarshisida uzoq vaqt o‘tkazish inson fiziologiyasiga, ayniqsa, sirkad ritmlar va tayanch-harakat tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda [1]. Smartfon ekranidan tarqaladigan ko‘k nur melatonin gormoni sintezini tormozlab, uyquga ketish jarayonini qiyinlashtiradi [2]. Shuningdek, raqamli qurilmalarga bog‘lanib qolish yoshlar orasida jismoniy faollikning keskin pasayishiga va surunkali charchoq sindromiga sabab bo‘lmoqda [3]. Ushbu muammoning chuqur o‘rganilishi profilaktik tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Published

2026-05-12