PRAGMATIKA VA STILISTIKA ALOQADORLIGI (“ONA BO’RI QASOSI” TO‘PLAMIDAGI HIKOYALAR MISOLIDA)

Authors

  • Bahronova Sevinch Jahongir qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: pragmatika, stilistika, badiiy matn, ifoda vositasi, tazod, dialog, maqsad, niyat, tahlil.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada pragmatika va stilistika yo‘nalishlarining o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tahlil obyekti sifatida Tursunmurod Ermatovning “Ona bo’ri qasosi” to‘plamiga kiruvchi hikoyalar tanlandi. Muallifning badiiy maqsadi va uslubiy tanlovi o‘rtasidagi uzviylik ochib beriladi. Asarda ishlatilgan badiiy ifoda vositalari, dialog, tasviriy tafsilot va ohang elementlari yozuvchining pragmatik niyatini ro‘yobga chiqaruvchi stilistik vositalar sifatida tahlil qilinadi.

Published

2026-05-13