STEAM TA’LİM TAMOYİLLARİ VA ULARNİ UMUMİY TA’LİM MAKTABLARİDA QO‘LLASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: STEAM ta’limi, innovatsion pedagogika, fanlararo integratsiya, kreativ fikrlash, loyihaviy faoliyat, muhandislik tafakkuri, raqamli ta’lim, umumiy ta’lim maktablari.Abstract
Ushbu maqolada STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) ta’lim yondashuvining shakllanish tarixi, nazariy asoslari, pedagogik tamoyillari hamda umumiy ta’lim maktablarida qo‘llashning amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. STEAM ta’limi zamonaviy innovatsion pedagogik model sifatida fanlararo integratsiya, loyihaviy yondashuv, kreativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida xalqaro tajribalar, xususan AQSh, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya ta’lim tizimlari misolida STEAM texnologiyalarining samaradorligi yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan PF-5712-son Farmoni asosida STEAM ta’limini joriy etishning dolzarbligi asoslanadi. Maqolada umumiy ta’lim maktablarida STEAMni joriy etishning metodik, tashkiliy va texnologik jihatlari, o‘quvchilar kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni ham keng tahlil qilingan.