HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISHDA SOHAVIY XIZMATLAR VA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING ROLI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Huquqbuzarliklar profilaktikasi, sohaviy xizmatlar, fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoatchilik nazorati, huquqiy ma’rifat, ijtimoiy sheriklik, mahalla instituti, huquqbuzarliklarning oldini olish, davlat va jamiyat hamkorligi.Abstract
Ushbu maqola huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda sohaviy xizmatlar (ichki ishlar, prokuratura, adliya, bojxona, soliq va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar) hamda fuqarolik jamiyati institutlari (mahalla, nodavlat notijorat tashkilotlari, kasaba uyushmalari, ota-onalar qo’mitalari va boshqalar)ning rolini tahlil qiladi. O’zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g‘risida”gi Qonuni va boshqa meyoriy hujjatlarga asoslanib, davlat organlarining huquqiy tartibotni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab va sharoitlarini bartaraf etishdagi asosiy vazifalari ko’rib chiqiladi. Fuqarolik jamiyati institutlari esa jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, huquqiy ma’rifatni oshirish, ijtimoiy sheriklik va mahalliy darajada profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish orqali muhim hissa qo’shadi. Maqolada ikki tomonning o’zaro hamkorligining samaradorligini oshirish yo’llari, mavjud muammolar va ularning yechimlari taklif etiladi. Tadqiqot natijalari huquqbuzarliklar