OʻQUVCHILARNING NUTQINI OʻSTIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH.

Authors

  • Saydulloyeva Shoxsanam Author
  • Nurmamatova Munisa Orif qizi. Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: interfaol metodlar, kommunikativ kompetensiya, ogʻzaki nutq, yozma nutq, muloqot koʻnikmalari, faol oʻqitish usullari, oʻquvchi faolligi, hamkorlikda oʻqitish, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur, nutq madaniyati, didaktik oʻyinlar, refleksiya.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻquvchilarning nutqini oʻstirish jarayonida interfaol metodlardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Ta’lim jarayonida oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularning mustaqil fikrlashi hamda erkin muloqot koʻnikmalarini shakllantirish dolzarb pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Maqolada interfaol metodlarning mazmun-mohiyati, ularning nutq rivojiga ta’siri hamda amaliy qoʻllash yoʻllari tahlil etilgan. Xususan, “aqliy hujum”, munozara, rolli oʻyinlar, klaster kabi usullarning dars jarayonida qoʻllanishi oʻquvchilar faolligini oshirishi, nutq boyligini kengaytirishi va kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, interfaol metodlar orqali hamkorlikda oʻqitish muhitini yaratish, oʻquvchilarda ijodiy tafakkur va nutq madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan.

Published

2026-05-13