AQLLI SUV: IoT VA SI TEXNOLOGIYALARI ORQALI SUV INQIROZIGA INNOVATSION YECHIMLAR

Authors

  • Istamov Ismoilzoda Uktamovich Author
  • Xoliyorov Xolbek Abdushukur o'g'li Author

Keywords:

aqlli suv, suv inqirozi, IoT, sun'iy intellekt, smart water, innovatsiya, suv monitoringi, mashinaviy o'rganish, avtomatlashtirish, barqarorlik.

Abstract

Maqolada global suv inqirozi muammosi va uni hal etishda zamonaviy texnologiyalarning – Narsalar Interneti (IoT) va Sun'iy Intellekt (SI) ning innovatsion yechimlari ko'rib chiqilgan. «Aqlli suv» (Smart Water) konsepsiyasi mohiyati ochib berilgan va uning amaliy ahamiyati asoslangan. IoT sensorlari, mashinaviy o'rganish algoritmlari, real vaqt rejimidagi monitoring tizimlari, prediktiv tahlil va avtomatlashtirilgan boshqaruv kabi texnologik yechimlarning suv inqiroziga qarshi kurashda qo'llanilishi tahlil etilgan. Maqolada Singapur, Isroil, AQSh va boshqa mamlakatlar tajribasi umumlashtirilib, O'zbekistondagi aqlli suv loyihalari istiqbollari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida aqlli suv texnologiyalari suv yo'qotishlarini 50 foizgacha kamaytirish, suv sifati nazoratini avtomatlashtirish va suv ta'minoti tizimining barqarorligini oshirishda samarali ekanligi isbotlangan.

Published

2026-05-13