ISSIQLIK SAQLASH XUSUSIYATI YUQORI BO‘LGAN TUKLI TRIKOTAJ TO'QIMASI ASOSIDA ERKAKLAR ICHKI KIYIM MAHSULOTINI ISHLAB CHIQARISHGA IXTISOSLASHGAN KORXONANI LOYIHALASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: tukli trikotaj, issiqlik saqlash, erkaklar ichki kiyimi, to‘qimachilik korxonasi, ishlab chiqarish texnologiyasi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu loyiha issiqlikni yuqori darajada saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan tukli trikotaj to‘qima asosida erkaklar ichki kiyim mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonani loyihalashga bag‘ishlangan. Loyiha doirasida zamonaviy to‘qimachilik texnologiyalaridan foydalangan holda energiya tejamkor, qulay va gigiyenik talablariga javob beruvchi ichki kiyim mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni ko‘zda tutiladi. Korxona ishlab chiqarish quvvatini optimallashtirish, xomashyo sarfini kamaytirish hamda mahsulot sifatini oshirishga yo‘naltirilgan texnologik yechimlar asosida loyihalashtiriladi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida ekologik xavfsizlik, mehnat muhofazasi va iqtisodiy samaradorlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur loyiha mahalliy bozorda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va ichki talabni qondirishga xizmat qiladi.