TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA TASNIFI
Keywords:
Kalit so‘zlar: tijorat banklari, kredit portfeli, kredit riski, likvidlik, rentabellik, kredit tasnifi, substandart kreditlar, shubhali kreditlar, umidsiz kreditlar.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning iqtisodiy mohiyati va ularning tasnifi masalalari yoritilgan. Muammoli kreditlarning vujudga kelish sabablari hamda ularning bank kredit portfelidagi o‘rni tahlil qilingan. Kreditlarning to‘lov muddatining buzilishi, foiz to‘lovlarining kechikishi va qaytmaslik xavfi asosida muammoli kreditlarning asosiy mezonlari izohlangan. Maqolada muammoli kreditlarni tasniflashning xalqaro va milliy yondashuvlari solishtirilib, ularning asosiy toifalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, muammoli kreditlarning tijorat banklari likvidligi, rentabelligi va kredit risklariga ta’siri o‘rganilgan. Maqolada kredit portfelini sog‘lomlashtirish va muammoli kreditlarni kamaytirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar ham yoritilgan.