MIS SHLAKLARINI FLOTATSIYALASH USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Mis shlaki, flotatsiya, boyitish jarayoni, reagentlar, pufakcha, gidrofoblik, mineral tarkib, zarracha o‘lchami, metall ajratish, rangli metallurgiya.Abstract
Ushbu ishda mis shlaklarini flotatsiyalash usullari va ularning metallurgik qayta ishlashdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Mis ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan shlaklar tarkibida ma’lum miqdorda erkin va bog‘langan mis zarralari mavjud bo‘lib, ularni ajratib olishda flotatsiya jarayoni muhim texnologik bosqich hisoblanadi. Tadqiqotda flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari, reagentlar tizimi, pufakchalar bilan zarrachalarning o‘zaro ta’siri hamda boyitish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zarracha o‘lchami, mineral tarkib va reagentlar konsentratsiyasining flotatsiya jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Olingan natijalar mis shlaklaridan foydali komponentlarni ajratib olish samaradorligini oshirish va sanoat chiqindilaridan kompleks foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.