TIJORAT BANKLARINING KREDIT PORTFELINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so’zlari: Tijorat banki, kredit portfeli, ekonometrik model, regressiya tahlili, kredit riski, bank aktivlari, foiz stavkasi, inflyatsiya, bank samaradorligi, moliyaviy barqarorlik, korrelyatsiya, iqtisodiy o‘sish, bank tizimi, modellashtirish, kredit siyosati.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada tijorat banklari kredit portfelining iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy samaradorlikka ta’siri ekonometrik modellashtirish asosida tadqiq etildi. Bank kredit portfeli mamlakat moliya tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, uning hajmi, sifati va risk darajasi bank faoliyatining barqarorligini belgilovchi muhim omillardan sanaladi. Tadqiqot davomida kredit portfeliga ta’sir etuvchi asosiy makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy omillar, jumladan, foiz stavkalari, inflyatsiya darajasi, bank aktivlari, depozitlar hajmi hamda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari o‘rganildi. Maqolada regressiya tahlili, korrelyatsion bog‘liqlik hamda ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bank kredit portfeli hajmi bilan depozitlar hajmi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida musbat bog‘liqlik mavjud bo‘lib, inflyatsiya va yuqori foiz stavkalari kredit portfelining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, kredit risklarini samarali boshqarish, kreditlarni diversifikatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni bank tizimiga joriy etish kredit portfelining barqarorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.