SAUDIYA ARABISTONIDA XXI ASR BOSHLARIDA GENDER SIYOSATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: gender siyosati, Saudiya Arabistoni, Vision 2030, ayollar huquqlari, ijtimoiy islohotlar, modernizatsiya, gender tengligi, ijtimoiy transformatsiya.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada XXI asr boshlarida Saudiya Arabistonining gender siyosatidagi tubdan o‘zgarishlar va islohotlar jarayoni tadqiq etilgan. Asosiy e'tibor 2017-yilda e'lon qilingan "Vision 2030" milliy strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan gender siyosati transformatsiyalariga qaratilgan. Maqolada ayollarning mehnat bozorida faol ishtirok etishi, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi yutuqlar, shuningdek siyosiy va ijtimoiy hayotdagi rolining kuchayishi tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida gender siyosati islohotlarini yuzaga keltirgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillar, shuningdek an'anaviy islom qadriyatlari va zamonaviy modernizatsiya jarayonlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada Saudiya Arabistoni gender siyosatining mintaqaviy va global kontekstdagi ahamiyati, mavjud muammolar va kelajak istiqbollari baholanadi.