KLINIK LABORATORIYADA ETIK ME'YORLAR VA KASBIY MAS'ULIYAT
Keywords:
Kalit so‘zlar: tibbiy etika, klinik laboratoriya, kasbiy mas'uliyat, bemor huquqlari, maxfiylik, laboratoriya diagnostikasi, bioetika, sifat nazorati, ISO standartlari, tibbiyot xodimi., Keywords: medical ethics, clinical laboratory, professional responsibility, patient rights, confidentiality, laboratory diagnostics, bioethics, quality control, ISO standards, medical worker.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada klinik laboratoriya mutaxassislarining kasbiy faoliyatida etik me'yorlarning tutgan o‘rni va kasbiy mas'uliyatning mohiyati batafsil yoritilgan. Maqolada tibbiy etika tamoyillari, laboratoriya xodimlarining bemorga, hamkasblariga va jamiyatga bo‘lgan majburiyatlari, sinovlar natijalarining to‘g‘riligi hamda maxfiylik masalalari ko‘rib chiqilgan. Laboratoriya diagnostikasida yuzaga keladigan etik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va hal etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro etik standartlar va O‘zbekistonda tibbiyot etikasini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar ham ko‘rib chiqilgan. Maqola tibbiyot texnikumi talabalariga va laboratoriya sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga mo‘ljallangan.
Abstract. This article thoroughly examines the role of ethical norms in the professional activities of clinical laboratory specialists and the essence of professional responsibility. The article reviews the principles of medical ethics, the obligations of laboratory staff toward patients, colleagues, and society, the accuracy of test results, and issues of confidentiality. Ethical problems arising in laboratory diagnostics, their causes and solutions are analyzed. International ethical standards and regulatory documents governing medical ethics in Uzbekistan are also reviewed. The article is intended for students of medical colleges and specialists working in the laboratory field.