INKLYUZIV O`QUVCHILAR BILAN ISHLASHISHDA OTA-ANALARNING O`RNI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, ota-onalar, maxsus ehtiyojli bolalar, pedagogik hamkorlik, ijtimoiy moslashuv, ta’lim jarayoni, psixologik qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muhit.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim tizimida ota-onalarning tutgan o‘rni, ularning farzand tarbiyasi va ta’lim jarayonidagi ishtiroki, pedagoglar bilan hamkorligi hamda bolalarning ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limda ota-onalarning faol ishtiroki bolalarning psixologik holati, akademik muvaffaqiyati va ijtimoiy faolligini oshirishdagi muhim omillardan biri sifatida yoritilgan. Shuningdek, maqolada ota-onalar, pedagoglar va mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot davomida kuzatish, suhbat, anketa va pedagogik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ota-onalar bilan muntazam hamkorlik olib borilgan hollarda inklyuziv o‘quvchilarning ta’lim samaradorligi yuqori bo‘ladi.