AXLOQIY QADRIYATLARNING INSON HAYOTIDAGI O'RNI
Keywords:
Kalit so’zlar : Odam , inson , shaxs , jamiyat , madaniyat , axloq , ma’naviyat.Abstract
Annotatsiya: Falsafa oʻtgan zamonda ham inson hayoti bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan va hozirda uning qadimiyligi uning eskirib qolganini anglatmaydi. Har bir davrda falfasa yangi muammolar va yechimlarni kashf qiladi. Qadimdan zamondan sharq faylasuflari insonlarning e'tiqodi, axloqi, yashash tarziga katta e'ribor berganlar. Xususan Qur'oni karimda insonlarni barcha narsadan yerda yuradigan, suvda suzadigan jamiyki hayvonlardan mukammal va ongli qilib yaratdik deyilgan. Hatto bu haqda Navoiy oʻzining ,, Vaqfiya" asarida, Butun osmon va osmondagi, yerdagi eng yaxshi narsalar inson uchun, uning baxt-saodati uchun yaratilgan, bularning jami- inson uchun xizmat qilmogʻi lozim" deganlar. Inson tabiatning yuksak mahsulidir. Shuning uchun insonni bitta fan oʻrganishga qodir emas. Xususan odamning tanasini biologiya oʻrgansa uning mohiyatini ochish, ichki dunyosi, odob-axloqi bilan falsafa fani shugʻullanadi.