TAYANCH HARAKAT A’ZO KASALLIKLARIDA AQLI ZAIFLIK.

Authors

  • Mirzaeva Umidaxon Author
  • Turgunova Shoxsanam Author

Abstract

Aqli zaiflik (intellektual rivojlanish buzilishi) va tayanch harakat a'zolari kasalliklari (THAK) zamonaviy tibbiyot va ijtimoiy soha uchun dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu ikki patologiya alohida-alohida ham inson salomatligi va hayot sifatiga sezilarli ta'sir koʻrsatadi, ammo ularning birgalikda uchrashi bemorlarning funksional cheklovlarini yanada chuqurlashtirib, ularning jamiyatga integratsiyalashuvini qiyinlashtiradi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga koʻra, aqli zaiflik aholining taxminan 1-3 foizida uchraydi, THAK esa yoshidan qat'i nazar, keng tarqalgan boʻlib, surunkali ogʻriqlar va nogironlikning asosiy sabablaridan biridir. Oʻzbekistonda ham sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Prezident Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan islohotlar doirasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash va ularning jamiyatda toʻlaqonli ishtirokini qoʻllab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Aqli zaifligi boʻlgan shaxslarda THAK ning kechishi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, diagnostika va davolashda maxsus yondashuvlarni talab qiladi. Bunday bemorlar koʻpincha oʻz shikoyatlarini aniq ifodalay olmaydilar, bu esa kasallikning kech tashxislanishiga va asoratlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Natijada, ularning harakat funksiyalari yanada cheklanib, mustaqil yashash qobiliyati pasayadi. Shuningdek, aqli zaiflik va THAK ning birgalikda uchrashi bemorlarning reabilitatsiya jarayonlariga ham salbiy ta'sir koʻrsatadi, chunki kognitiv cheklovlar reabilitatsiya dasturlariga faol ishtirok etishni qiyinlashtiradi. Shu sababli, ushbu ikki patologiya oʻrtasidagi patogenetik aloqalarni chuqur oʻrganish, ularning birgalikda kechishida samarali diagnostika va kompleks reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Published

2026-05-23