YOSHLAR NUTQIDA UCHRAYDIGAN SLANG VA JARGON BIRLIKLARNING TIL TARAQQIYOTIGA TA’SIRI

Authors

  • Adizova Laziza Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: slang, jargon, yoshlar nutqi, til taraqqiyoti, leksik birliklar, kommunikatsiya, internet tili, ijtimoiy tarmoqlar, adabiy til, neologizm, ommaviy madaniyat, lingvistika.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlar nutqida keng qo‘llanilayotgan slang va jargon birliklarning til taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida slang va jargonlarning paydo bo‘lish omillari, ularning ijtimoiy-madaniy xususiyatlari hamda zamonaviy kommunikatsiyadagi o‘rni yoritiladi. Ayniqsa, internet, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy madaniyat ta’sirida yuzaga kelayotgan yangi leksik birliklarning yoshlar nutqida faol qo‘llanishi tilning lug‘aviy boyishiga xizmat qilishi bilan birga, ayrim hollarda adabiy til me’yorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, slang va jargonlarning milliy til rivojidagi innovatsion ahamiyati, kommunikativ qulaylik yaratishdagi roli hamda yoshlar dunyoqarashini ifodalashdagi funksiyalari ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalari yoshlar nutqidagi noan’anaviy birliklarni lingvistik va sotsiokulturologik nuqtai nazardan o‘rganish muhimligini ko‘rsatadi.

Published

2026-05-24