KICHIK IQTISODIYOT SUBYEKTLARIDA INNOVATSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA KRAUDFANDINGNING RAQAMLI PLATFORMALAR BILAN INTEGRATSIYALASHUVI.

Authors

  • Kamilova Feruza Nematovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Kraudfanding, raqamli platformalar, kichik biznes, innovatsion loyihalar, moliyalashtirish, fintech, blokcheyn, venchur kapital.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik iqtisodiyot subyektlari (kichik va o‘rta biznes) tomonidan amalga oshiriladigan innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda kraudfanding mexanizmlarini raqamli platformalar bilan integratsiyalashuvi masalalari tadqiq etilgan. An’anaviy bank-kredit tizimidagi cheklovlar sharoitida raqamli kraudfandingning innovatsion loyihalar uchun muqobil kapital manbai sifatidagi roli tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tizimli tahlil, qiyosiy baholash va ekonometrik modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar (blokcheyn, sun’iy intellekt) bilan integratsiyalashgan kraudfanding platformalari tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradi va loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Maqola yakunida O‘zbekiston iqtisodiyotida ushbu tizimni rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.

Published

2026-05-24