ABDULLA QODIRIY SHAXSINING MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHDAGI O‘RNI (“O‘ZBEKNING O‘ZLIGI” ASARI TALQINIDA)

Authors

  • Hamidova Odinaxon Yorqinjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy, Matyoqub Qo‘shjonov, milliy o‘zlik, jadid adabiyoti, o‘zbek romanchiligi, ma’naviy uyg‘onish, badiiy tafakkur.

Abstract

Mazkur maqolada Abdulla Qodiriy shaxsining milliy o‘zlikni anglash jarayonidagi o‘rni hamda O‘zbekning o‘zligi kitobida yozuvchi faoliyatining talqin etilishi yoritiladi. Asarda adibning ijodi xalq tafakkuri, milliy ong va ma’naviy uyg‘onish bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Ayniqsa, “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari orqali xalqning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlari va istiqlolga daxldor qarashlari ochib beriladi. Shuningdek, maqolada Qodiriyning jadid adabiyotidagi o‘rni, o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi hamda milliy tafakkur rivojiga ta’siri tahlil qilinadi.

Published

2026-05-25