JANUBIY O‘ZBEKISTON PALEOGEN KVARS QUMLARINING GEOLOGIK-GENETIK XUSUSIYATLARI VA SANOAT ISTIQBOLLARI

Authors

  • Axmedov Sh.Sh Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: kvars qumlari, paleogen, SiO2, mineralogiya, genezis, paleogeografiya, sanoat xomashyosi.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada Janubiy O‘zbekiston hududidagi paleogen davri kvars qumlarining geologik-genetik xususiyatlari, mineralogik tarkibi, shakllanish qonuniyatlari hamda sanoat istiqbollari kompleks tarzda o‘rganildi. Tadqiqot hududi sifatida Qashqadaryo viloyatidagi Ugin, Kattachangarak va Xummon namoyon bo‘lishlari tanlab olindi. Tadqiqot davomida geologik, mineralogik, granulometrik va kimyoviy tahlil usullaridan foydalanildi. Aniqlanishicha, kvars qumlari asosan mayda donali bo‘lib, SiO2 miqdori 91,54–95,96 % oralig‘ida o‘zgaradi. Paleogen davridagi dengiz havzalari va terrigen cho‘kindilar differensiatsiyasi ushbu qumlarning shakllanishida asosiy omil bo‘lgan. Olingan natijalar Janubiy O‘zbekiston hududidagi kvars qumlarining shisha, keramika va metallurgiya sanoati uchun istiqbolli xomashyo ekanligini ko‘rsatadi.

Published

2026-05-26