GOMORINING KESUVCHI TEKISLIKLAR USULI: NAZARIY ASOSLAR, MATEMATIK TAHLIL VA AMALIY QO'LLANILISHI
Keywords:
Kalit so'zlar: Gomorining kesuvchi tekisliklar usuli, butun sonli chiziqli dasturlash, simpleks metod, dual simpleks usul, kesim tekisligi, diskret optimallashtirish, konvergentsiya.Abstract
Mazkur maqola butun sonli chiziqli dasturlash (BSChD) masalalarini yechishning muhim usullaridan biri bo'lgan Gomorining kesuvchi tekisliklar metodiga bag'ishlangan. Ushbu usul amerikalik matematik Ralf Gomori tomonidan 1958 yilda taklif etilgan bo'lib, u klassik simpleks metodining kasrli yechimlarini butun sonli yechimlarga aylantirish muammosini hal etadi. Maqolada Gomori algoritmining nazariy asoslari, matematik qo'yilishi, kesuvchi tekislikning hosil qilinish qoidalari va dual simpleks usuli yordamida masala yechish jarayoni batafsil bayon etilgan. Bundan tashqari, aniq ikki o'zgaruvchili masala yordamida algoritmning barcha bosqichlari hisob-kitoblar bilan ko'rsatilgan. Usulning iqtisodiy-texnik masalalarni optimallashtirishdagi ahamiyati va zamonaviy algoritmlar bilan taqqoslanishi ham ko'rib chiqilgan.