NASRIY ASARLAR MUTOLAASI ORQALI BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: tanqidiy fikrlash, boshlangʻich ta’lim, nasriy asarlar, mutolaa jarayoni, o‘qish savodxonligi, interfaol metodlar, mantiqiy tafakkur, badiiy adabiyot, o‘quv faoliyati, pedagogik texnologiyalar.Abstract
Mazkur maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda nasriy asarlarni mutolaa qilishning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot jarayonida badiiy nasr namunalarini o‘qish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, voqealarni tahlil qilish, qahramonlar xatti-harakatiga baho berish hamda xulosa chiqarish qobiliyatlarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada nasriy asarlarni o‘qitishning samarali usullari, interfaol yondashuvlar va savol-javob metodlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari nasriy asarlarni tizimli va maqsadli mutolaa qilish boshlangʻich sinf oʻquvchilarining tanqidiy fikrlash faoliyatini faollashtirish, ularning mustaqil qaror qabul qilish, fikrini asoslash hamda nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu ilmiy ish natijalari boshlangʻich ta’lim amaliyotida o‘qish darslarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.