OʻZBEK TILIDA SINONIMLARNING USLUBIY AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: sinonim, uslubiyat, leksik birlik, nutq madaniyati, ma’no nozikligi, badiiy uslub, publitsistik uslub, til boyligi, o‘zbek tili, emotsional-ekspressiv vosita.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi sinonimlarning uslubiy ahamiyati, ularning badiiy, publitsistik, ilmiy va so‘zlashuv uslublaridagi vazifasi tahlil qilinadi. Sinonim birliklarning nutq ta’sirchanligini oshirishdagi o‘rni, ma’no nozikliklarini ifodalashdagi imkoniyatlari hamda til madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, o‘zbek tilining bugungi taraqqiyot bosqichida sinonimlardan foydalanish darajasi, ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi va internet kommunikatsiyasidagi holati yuzasidan mulohazalar bildirilgan. Tadqiqot davomida sinonimlarning uslubiy funksiyasi tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari bilan bog‘liq holda o‘rganildi. Maqolada o‘zbek tilining boy lug‘aviy imkoniyatlari va ularning milliy tafakkur bilan aloqasi ham ochib berilgan.