CHAKKA-PASTKI JAG' BO'G'IMI KASALLIKLARINING BOLALAR VA O'SMIRLARDA NAMOYON BO'LISHI: ZAMONAVIY QARASHLAR
Keywords:
Kalit so'zlar: chakka-pastki jag' bo'g'imi, disfunksiya, artrit, ankiloz, mioofasial og'riq, okluziya, diagnostika, rehabilitatsiya.Abstract
Chakka-pastki jag' bo'g'imi (CHPJB) patologiyasi bugungi kunda stomatologiya va pediatriyaning dolzarb muammolaridan biri sifatida alohida e'tiborni talab etmoqda. Ushbu kasallik yosh avlod vakillarida tobora ko'proq aniqlanib, ularning kundalik faoliyatiga, psixoemotsional holatiga va umumiy hayot sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Epidemiologik ma'lumotlarga ko'ra, CHPJB buzilishlari bolalar va o'smirlarning taxminan 8–10 foizida qayd etiladi, qizlarda esa bu ko'rsatkich o'g'il bolalarga nisbatan ikki baravar yuqori ekanligi ilmiy adabiyotlarda qayta-qayta tasdiqlangan. Mazkur maqolada kasallikning tarqalishi, etiologiyasi, klinik ko'rinishlari, tashxislash algoritmlari va zamonaviy davolash yondashuvlari yoritilgan.
Downloads
Published
2026-06-01
Issue
Section
Articles