TO‘LOV TIZIMLARI ISHTIROKCHILARI HAMDA YANGI XIZMAT TURLARI KENGAYIB BORAYOTGAN SHAROITDA TIZIMNING BARQAROR ISHLASHINI TA’MINLASH

Authors

  • Berdiqulova Sevinch Toxir qizi Author

Keywords:

Kirish so‘zlar: to‘lov tizimlari, raqamli iqtisodiyot, fintech, moliyaviy infratuzilma, operatsion risk, kiberxavfsizlik, likvidlik, bank tizimi, elektron to‘lovlar, moliyaviy barqarorlik, to‘lov infratuzilmasi, innovatsion xizmatlar.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada to‘lov tizimlari ishtirokchilarining kengayib borishi hamda yangi raqamli moliyaviy xizmat turlarining joriy etilishi sharoitida to‘lov tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli to‘lov infratuzilmasi, fintech kompaniyalari, banklar va boshqa moliyaviy vositachilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar hamda ularning tizim barqarorligiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, operatsion risklar, kiberxavfsizlik tahdidlari va likvidlik xavflarining to‘lov tizimlari samaradorligiga ta’siri baholangan. To‘lov tizimlarining uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Published

2026-06-01