OLTOY TILLARDA “QA” O‘ZAGINING LEKSIK - SEMANTIK TARAQQIYOTI
Abstract
Dastlabki oltoy o‘zagi CV dan tashkil topgan deb taxmin qilinsa unda dastlabki affkislar morfenalar ham CVdan tashkil topgan deb katta ishonch bilan aytish mumkin so‘z tarkibining murakkablashuvi natijasida o‘zak va affiksdan tashkil topgan va CVCV ko‘rinishiga ega bo‘lgab so‘zda keyinchalik affikslarda ikkinchi undoshning birikuvi va unlining tushib qolishi bilan bog‘liq; bu birikuvda yasama shakllarni leksik tarkibining rivojlanishi ham yordam bergan bu narsani biz turli tillarda bir o‘zakli har xil ma’noli so‘zlarni qiyoslash orqali aniqlash mumkin. O‘zak morfemaning yopiq bo‘g‘inga o‘tishi turli tillar va til gurahlarida bir xil kechmagan. Masalan, mug‘ul tillariga nisbatan u turkiy tillarda ertaroq bo‘lib, ko‘proq so‘zlarni qamrab olgan, manchjur yoki even tillariga nisbatan ko‘proq va boy. Ammo bari bir CVCV turdagi negizlarning soni hamma oltoy tillarida deyarli malum. Ikkinchi unli haqida turli qarashlar mavjud. Ba’zi olimlar, R.M.Melloranskiy kabi uni ba’zi turkiy so‘zlar uchun xos affiks deb hisoblaydilar, ammo boshqa olimlar, masalan, Ramsted, B.Y.Vladininov, V.Bang va boshqalar aksincha CVC turdagi negizni CVCV ga nisbatan keyinroq ikkinchi unlining tushib qolishi natijasida hosil bo‘lgan deb hisoblaydilar. V.Kotvich bu muammoning tez-tez bo‘lib turadigan hodisasiga turk - mug‘ul, kok - koki paralellarga e’tiborini qaratib undagi ikkinchi unlini fonetik yoki morfologik qo‘shimcha deb aytadi. Ikkinch undoshning affiksal harakterini tasdiqlovchi qiyoslash uchun CVCV morfemasining CVCVga dastlabki yoki takrorlanishi munosabati ahamiyatga ega emas chunki u ikkinchi undoshning kelib chiqishi bilan bog‘liq emas. Boshqacha qilib aytganda qapa xuddi qap fe’lidek o‘zining negizida qa o‘zak va -r affiksiga egadir, buning ustiga qara fe’lida bitta sffiks -p (a) bundan - (o) unli elementi yoki ikkita affiks -p + -a ga ega. Ikkinchi unli to‘g‘risidagi har xil tushunmovchiliklarni yechish uchun bizning mavzumiz uchun asos tushunchasini kiritish kerak, masalan: qapa va qar fe’llari hamda qap ismi bitta -qar bazasiga ega. Turkiy so‘zlarning qol, qat, qar, qap bazalari bilan solishtirishi natijalarini ko‘rib chiqayotganimizda shuni ta’kidlash kerakki bu so‘zlar o‘zining mustaqilligiga ega bo‘lsa ham bu mustaqillik tuvushlarining ko‘rinishida kategorial va leksik ma’nosida ko‘rinib turadi semantikaning umumiyligi ko‘pchilikning jamlash holatining bu so‘zlarga umumiy bo‘lgan qa o‘zak elementiga bog‘lash lozim. Ikkinchi undosh tovushlar shunday qilib affiks yoki formativdir, ularning semantikasining xuddi hind - ovropa determinantlari singari "vaqtning uzoqligi" tufayli deyarli aniqlash mumkin emas.