MUROD MUHAMMAD DO‘STNING “MUSTAFO” QISSASIDA BOSH QAHRAMON RUHIYATI VA XARAKTER YARATISH MAHORATI

Authors

  • Bekmurodova Ozoda Quvonchbek qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Murod Muhammad Do‘st, “Mustafo”, qissa, bosh qahramon, ruhiyat, xarakter, psixologizm, badiiy obraz, badiiy detal, milliy xarakter, Dilmurod Quronov, adabiyot nazariyasi.

Abstract

               Ushbu maqolada Murod Muhammad Do‘stning “Mustafo” qissasida bosh qahramon ruhiyati, xarakter yaratish usullari hamda yozuvchining psixologik tasvir mahorati tahlil qilinadi. Asarda inson xarakteri tashqi voqealar oqimi orqali emas, balki qahramonning ichki kechinmalari, muhit bilan munosabati, nutqi, xatti-harakati va atrofdagilar bilan aloqasi orqali ochib beriladi. Maqolada Dilmurod Quronovning “Adabiyot nazariyasi asoslari” darsligidagi badiiy obraz, xarakter, detal, syujet va kompozitsiya haqidagi nazariy qarashlardan foydalanildi. “Mustafo” qissasi misolida yozuvchi oddiy inson obrazini chuqur ruhiy mazmun bilan boyitishi, qahramon xarakterini milliy ruh va hayotiy haqiqat asosida yaratishi ko‘rsatib beriladi.

Published

2026-06-01